Kotib AI Research tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni faqat mamlakat ichida saqlash majburiyati tufayli, xalqaro miqyosda mashhur bo‘lgan kompaniyalarning 87 foizi mahalliy bozorga kirishdan voz kechgan.
Natijada, quyidagi yirik texnologik va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar O‘zbekiston hududida faoliyat yuritmayapti:
➖PayPal
➖Stripe
➖Netflix
➖Spotify
➖Amazon Web Services (AWS)
➖Microsoft Azure
Ushbu cheklovlar tufayli, so‘nggi uch yil ichida mamlakat kamida 1,35 milliard dollarlik sarmoyani yo‘qotgani qayd etilgan.