Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Doneskdagi savdo markaziga 500 kilogrammlik havo bombasini tashladi

Rossiya Doneskdagi savdo markaziga 500 kilogrammlik havo bombasini tashladi

Rossiya harbiylari Donesk viloyatidagi Dobropolya markazidagi savdo markaziga 500 kilogrammlik havo bombasini tashladi.

Bu haqda Donesk viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Vadim Filashkin ma’lum qildi.

"Ikki kishi halok bo‘ldi, 14 kishi yaralandi - bular Dobropolyadagi zarbaning dastlabki oqibatlari. Odamlar hali vayronalar ostida qolmoqda omon qolganlarni qidirishni davom ettirmoqda" - deb yozdi Filashkin Telegram-kanalida.

Uning qayd etishicha, hisob-kitoblarga ko‘ra, 30 ta savdo shoxobchasi, 6 ta ko‘p qavatli uy va 8 ta avtomobil zarar ko‘rgan.

"Men voqea joyidaman, qutqaruv operasiyasining borishini shaxsan kuzatib bormoqdaman. Qutqaruvchilar, shifokorlar, polisiya va barcha mas’ul xizmatlar ishlamoqda", - deya ta’kidladi ma’muriyat rahbari.

Oliy Radaning inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubines ushbu hujumni izohlar ekan, ruslar mahalliy aholi ishdan qaytayotgan vaqtda hujum qilganini ta’kidladi. Hujum "Avrora" do‘koni hududiga sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 07:15 17.07.2025. O'qildi: 1728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!