Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent shahrida elektron tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Toshkent shahrida elektron tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.M. fuqaro S.X.ga tegishli hujjatlari bo‘lmagan 300 quti elektron tamaki mahsulotlarini 51 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:48 05.07.2025. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!