Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirobod tumanidagi “P.S.” MCHJ rahbari O.B. va sotuvchisi R.A. o‘zaro til biriktirib, savdo do‘konida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 265,7 mln so‘mlik elektron va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.S.” MCHJ rahbari S.G‘.ning savdo do‘konidan 14 turdagi umumiy bahosi 126,5 mln so‘mlik, 6 998 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.