Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil G‘azoga hujumlarini davom ettirmoqda

Isroil G‘azoga hujumlarini davom ettirmoqda

G‘azo ma’murlari, amalda bo‘lgan tinchlik kelishuviga qaramay, Isroil kuchlari hujumlarini to‘xtatmaganini ma’lum qildi.

Isroil kuchlari amaldagi sulhga qaramay, G‘azo sektoriga yangi zarbalar bermoqda. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida ma’lum qilingan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir kecha-kunduzda 23 nafar falastinlik halok bo‘lgan. Yana 122 kishi jarohat olgan.

Sektor shifoxonalariga 29 nafar halok bo‘lganlarning jasadlari keltirilgan. Uch kishi ilgari olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. To‘rt kishi yangi hujumlarda halok bo‘lgan. Yana 22 jasad vayronalar ostidan chiqarib olingan.

Tibbiyot xodimlari 24 nafar yangi jabrlanuvchi haqida xabar berishdi. Vazirlik ta’kidlashicha, vayronalar ostida hali ham minglab jasadlar qolmoqda.

2023 yil oktyabr oyida Isroil hujumlari boshlanganidan buyon G‘azoda 67 967 kishi halok bo‘ldi. Jarohatlangan kishilar soni 170 179 nafarga yetdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 9 oktyabr kuni Isroil va HAMAS harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejasining birinchi bosqichi kelishib olinganligini ma’lum qildi. Muzokaralar Misrda olib borildi.

Isroil hukumati kelishuvni tasdiqlashi bilan, sulh 10 oktyabrdan kuchga kirdi. Kelishuvga ko‘ra, Isroil kuchlari «Sariq chiziq»gacha orqaga chekindirildi. O‘t ochishni to‘xtatish tartibi o‘sha kuni soat 12:00 da amalga oshirildi.

Kiritildi: 23:42 16.10.2025. O'qildi: 2929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!