Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda futbolchi o‘yin vaqtida vafot etdi

Qozog‘istonda futbolchi o‘yin vaqtida vafot etdi

"Xan-Tengri" jamoasining 19 yoshli hujumchisi Dias Tuleu Birinchi ligadagi o‘yini vaqtida vafot etdi.

Voqelik chempionatning 25-turi doirasida "Xan-Tengri" - "Ekibastuz" bahsi vaqtida sodir bo‘ldi. 4:0 hisobida yakunlangan uchrashuv paytida futbolchi xushini yo‘qotgan va birinchi tibbiy yordamga qaramasdan maydonning o‘zida vafot etgan.

Keyinchalik mamlakat futbol federasiyasi matbuot xizmati futbolchining vafotini tasdiqlab, uning oilasiga hamdardlik tilagan.

Tuleu "Qayrat" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanardi. U ushbu mavsumda 25 o‘yinda qatnashib, 3ta golni hisobiga yozdirib qo‘ygandi.

Kiritildi: 23:54 16.10.2025. O'qildi: 1182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!