Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Toshkent shahrida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan MCHJ aniqlandi

Toshkent shahrida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi, IIBB va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.Y.” MCHJ mas’ul shaxslari korxonaning ishlab chiqarish binosida o‘rnatilgan elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, tijorat maqsadida 2 mln kVt/s elektr energiyasidan o‘g‘irlik yo‘li bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:05 08.02.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!