Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Samarqandda 16 yoshli qiz operasiya payti vafot etdi

Samarqandda 16 yoshli qiz operasiya payti vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijda yashab tahsil olayotgan 16 yoshli maktab o‘quvchisi ta’tilda buvisini ko‘rgani Samarqandga kelgan. U nafas olishda qiynalayotgani uchun 1 iyul kuni buvisi bilan viloyat markaziy shifoxonasiga borgan. Shifokorlar unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerakligini aytishgan.

“Uchta shifokorni ko‘rdim. Uchalasi ham shu operasiyani qilish kerakligini aytishdi. Burni salgina qiyshiq ekan. Soat 11 larda operasiyaga olib kirdi. Kutdim, lekin operasiya davom etayotganini, nabiram hali hushiga kelmaganini aytishdi. Taxminan bir yarim soat o‘tgach, operasiya bo‘limiga bir guruh shifokorlar apparati bilan kirib kelishdi. Shundan so‘ng nevaramni kislorodga ulangan zambilda olib borishdi”, - dedi marhumaning buvisi.

Operasiyadan keyin bemorning salomatligi yomonlashgan va u vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tergovga qadar tekshiruv va rasmiy tekshiruvlar olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:01. O'qildi: 1047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!