Parij apellyasiya sudi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit erkak bo‘lib tug‘ilgani haqidagi bayonotlar uchun aybdor deb topilgan jurnalist Natasha Reyni oqladi.
Bu haqda Reyning advokati Fransua Danglean X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Natasha Reyning Brijit va Jan-Mishel Tronyega qarshi g‘alabasi: apellyasiya sudi Natasha Reyni oqladi", dedi u.
Qayd etilishicha, Rey endi Fransiya rahbarining rafiqasini firibgarlikda ayblab, sudga murojaat qilmoqchi.