Eronning Maqsadlilikni tekshirish kengashi a’zosi Muhammadrizo Baxoner mamlakatda majburiy hijob to‘g‘risidagi qonun ijrosi to‘xtatilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Free Iran” telegram kanali xabar bergan.
Baxonerning ta’kidlashicha, hijobga oid qonun loyihasi endilikda huquqiy kuchga ega emas va amaliyotda tatbiq etilmaydi.
“Huquqiy va sud nuqtai nazaridan hijob to‘g‘risidagi qonun ijro etilmaydi. Endilikda hijob kiyish qonuniy jihatdan majburiy emas va u uchun hech qanday jarima yoki huquqiy oqibat belgilanmagan. Bu haqda polisiyaga ham xabar berilgan”, — dedi u.
Mazkur bayonot mamlakatda hijob masalasi yuzasidan uzoq davom etgan bahslar va ijtimoiy muhokamalar fonida e’lon qilindi. Shu tariqa, Eron tarixida ilk bor hijob taqish masalasi shaxsiy tanlov sifatida e’tirof etildi.