Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, mol go‘shtining narxi 1960 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori qiymatga yetgan — $6,9/kg. Bu ishlab chiqaruvchi narxi.
Hisobotda buning bir necha sabablari keltirilgan:
▪️Umumjahon inflyasiyasi,
▪️Uzoq ishlab chiqarish sikli,
▪️AQSh va Xitoydagi iste’mol o‘sishi,
▪️Sut mahsulotlari qimmatlashi,
▪️Iqlim o‘zgarishi: qurg‘oqchilik va yaylovlar kamayishi, ozuqa qimmatlashi.
Hisobotga ko‘ra, eng yirik mol go‘shti ishlab chiqaruvchi davlatlardan biri AQShda ekologik omillar tufayli qoramol soni 1951 yildan beri eng past darajaga tushgan.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlarida mol go‘shti narxlari oshishi kuzatildi. Xitoyda ham cho‘chqa go‘shti va boshqa turli go‘shtlar narxlari oshgan.
Avstraliya, Braziliya, Argentina kabi mol go‘shti eksportchilari ham narxlar ko‘tarilishiga duch kelmoqda.