Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Kiyevga ehtimoliy “Tomahawk” yetkazib berilishi AQSh bilan munosabatlarni barbod qiladi"

"Kiyevga ehtimoliy “Tomahawk” yetkazib berilishi AQSh bilan munosabatlarni barbod qiladi"

AQShning Ukrainaga “Tomahawk” qanotli raketalarini ehtimoliy yetkazib berish qarori Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning ijobiy intilishlarining barbod bo‘lishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

“Bu Kiyevga “Tomahawk” raketalarini ehtimoliy yetkazib berish qarori munosabatlarimiz (Rossiya va AQSh) barbod bo‘lishiga olib keladi. Har holda, bu munosabatlarda kuzatilayotganda ijobiy intilishlarni”, - dedi Putin “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiya rahbari ilgari ham Kiyevning “Tomahawk” qurolini qo‘llashi Rossiya va AQSh munosabatlariga putur yetkazishini aytgandi. Bu raketalarni Ukraina amerikalik harbiylarning ishtirokisiz qo‘llay olmaydi.

Avvalroq AQSh vise‑prezidenti Jey Di Vens "Fox News"ga bergan intervyusida Tramp ma’muriyati “Tomahawk”larni Ukrainaga yetkazib berish imkoniyatini muhokama qilayotganini qayd etgan, ammo so‘nggi qaror prezidentning o‘zida qolishini bildirgan.

Kiritildi: 23:05 05.10.2025. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!