Shahram G‘iyosovning navbatdagi jang janasi ma’lum bo‘ldi. 14 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida Lift Promotions kompaniyasi o‘zining navbatdagi professional boks oqshomini tashkil etadi.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, ushbu kecha Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi hamkorligida o‘tkaziladi va unda O‘zbekistonning mashhur charm qo‘lqop ustalaridan biri — Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi. Hozircha ushbu kechada G‘iyosovga kim raqiblik qilishi ma’lum emas.
Bundan tashqari, mazkur turnirda Lazizbek Mullojonov, A’loxon Abdullayev kabi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Shahram G‘iyosov oxirgi jangini 2025-yilning 13 aprel sanasida Franko Maksimiliano Okampoga qarshi o‘tkazgandi. AQShning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida tashkil qilingan boks oqshomida G‘iyosov argentinalik raqibini 4-raunddayoq nokautga uchragan.