Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.S. “Qorasaroy” MFY hududidagi savdo do‘konida 3 492 quti tegishli hujjatlari bo‘lmagan va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Namangan shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A.U.ning boshqaruvidagi “NEXIA 3” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi yukxonasida umumiy bahosi 66,6 mln so‘mlik 2 760 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari va 250 dona yondirgichlarni sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Boysun tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida “Darband” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A. va B.X.ning boshqaruvidagi “Yutong Buss” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi yukxonasida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.SH. (muqaddam sudlangan) 1 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Bo‘zatov tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro G.A. bozor hududidagi savdo rastasida 689 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.