Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent moliya institutida o‘quv jarayoni 2021 yil 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) bosqichma-bosqich masofaviy shaklda tashkil etiladi.
Institutda o‘quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratilganligini inobatga olib, darslar fakultetlarga o‘rnatilgan Wi Fi qurilmalari hamda yuqori tezlikdagi internetga ulangan kompyuter xonalaridan foydalangan holda, ZOOM videoaloqa dasturi orqali, dars jadvalida belgilangan vaqtlarda o‘tilishi ta’minlanadi.