"Metrodan foydalangan millioninchi yo‘lovchi"ga jamoat transportidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport to‘lov kartasi topshirildi.
Bugun ilk marotaba Toshkent metropoliteni 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, deya xabar beradi "Toshkentmetropoliteni" DUK axborot xizmati.
Shu munosabat bilan metropoliten mas’ul xodimlari ishtirokida «Metrodan foydalangan millioninchi yo‘lovchi»ni aniqlash tadbiri o‘tkazildi va unda omadli yo‘lovchi aniqlandi.
Shundan so‘ng, ushbu yo‘lovchiga metropoliten esdalik sovg‘asi hamda jamoat transportidan 1 yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi maxsus transport to‘lov kartasi topshirildi.
Qulay, xavfsiz hamda tezkor transport turi hisoblangan metro 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata boshlaganidan mamnun.