Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy AQShning zaif tomoniga zarba berdi

Xitoy AQShning zaif tomoniga zarba berdi

Xitoy nodir yer metallarini AQSh prezidenti Donald Tramp bilan savdo urushida tazyiq vositasi sifatida qo‘llamoqda.

Bloomberg xabar berishicha, o‘tgan hafta Pekin Vashingtonning harakatlariga javoban yangi eksport cheklovlarini e’lon qildi.

Tramp aprel oyi boshida 211 mamlakat va hududdan import qilinadigan mahsulotlarga savdo bojlarini joriy etgandi. Xitoy uchun umumiy tarif 54 foizga yetdi. Bunga javoban Pekin Amerika tovarlariga 34 foizlik boj belgiladi hamda yettita nodir yer elementlari, jumladan, samariy, terbiy, disproziy, skandiy va ittriy eksporti ustidan nazoratni kuchaytirdi.

Garchi bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq bo‘lmasa-da, Xitoy hukumati bu materiallarni kim va nima maqsadda olayotganini sinchkovlik bilan kuzatib borishini ma’lum qildi. AQSh Geologiya xizmatining baholashicha, Xitoy dunyodagi barcha nodir yer metallarining taxminan 70 foizini ishlab chiqaradi va AQSh ko‘p jihatdan ushbu yetkazib berishlarga bog‘liq.

Bloomberg ta’kidlashicha, bunday choralar global ta’minot zanjirlarini izdan chiqarishi mumkin, chunki bu metallar yuqori texnologiyali mahsulotlar - elektromobillardan tortib harbiy texnikagacha bo‘lgan ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

XXR Savdo vazirligi tushuntirganidek, cheklovlar ikki maqsadli tovarlarga taalluqli bo‘lib, "milliy xavfsizlik, mintaqaviy barqarorlik va tinchlik manfaatlariga xizmat qiladi." Bunga javoban Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Xitoy Amerika bojlari tufayli sarosimaga tushgani va noto‘g‘ri yo‘l tutganini aytdi.

Bloomberg so‘rovnoma o‘tkazgan ekspertlarning fikricha, neodim va prazeodimning cheklovlardan chetda qoldirilishi, ularni keyinchalik qo‘shimcha bosim vositasi sifatida ishlatish imkoniyati bilan bog‘liq.

Kiritildi: 22:57 07.04.2025. O'qildi: 2110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!