Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritildi. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va kun tartibidagi masala yuzasidan nutq so‘zladi.

Viloyat hokimi o‘z so‘zida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir va kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb masalalarga to‘xtaldi. Jumladan, xizmatlar, investisiya, byudjet tushumlarini ta’minlash borasida hudud bugun viloyatda eng oxirgi o‘rinlarda ekanligi qayd etildi.

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Do‘stbekov yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Zaynilobiddin Nizomiddinov nomzodini tavsiya qildi. Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Kiritildi: 17:10 07.04.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!