Eron AQShning ehtimoliy hujumiga qarshi turish maqsadida Ghadir radiolokasion stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish orqali o‘z mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirmoqda.
Bu haqda ochiq manbalar bilan ishlaydigan tahlilchilarning ma’lumotlariga asoslanib, Newsweek nashriyoti xabar berdi.
"Ushbu yangi radarlarni Tabriz yaqinidagi shimoli-g‘arbiy hududlar va Fors ko‘rfazi qirg‘oqlari kabi muhim joylarga o‘rnatish orqali Eron AQSh va Isroilning ehtimoliy hujumlariga qarshi o‘z havo mudofaasini mustahkamlashga harakat qilmoqda," - deya ta’kidlanadi maqolada.
Nashr ta’kidlashicha, radiolokasiya tizimining kengaytirilishi Eronning Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borayotgan sharoitda o‘z harbiy infratuzilmasini modernizasiya qilish bo‘yicha davom etayotgan sa’y-harakatlarini ko‘rsatmoqda. Ghadir tizimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish chegarasidan tashqaridagi tahdidlarni aniqlay oladi, yaqinlashib kelayotgan samolyotlar, qanotli raketalar va ballistik raketalarni uzoq masofadan kuzatib boradi (ballistik raketalar uchun 1090 kilometrgacha va samolyotlar uchun 595 kilometrgacha).
Bundan oldin Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘oiy Tehron hech qanday vaziyatda yadro quroli yaratish niyatida emasligini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, yadro quroli yaratishdan voz kechish Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning fatvosiga asoslangan.