Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Janjal boshlandi! Tramp Xitoyga ultimatum qo‘ydi, amerikaliklarga esa vahimaga tushmaslikni maslahat bermoqda

Janjal boshlandi! Tramp Xitoyga ultimatum qo‘ydi, amerikaliklarga esa vahimaga tushmaslikni maslahat bermoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Pekin avvalroq e’lon qilingan qarshi choralardan voz kechmasa, Vashington 9 apreldan Xitoyga qarshi qo‘shimcha 50 foizlik bojlar joriy etishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Tramp, shuningdek, XXR bilan tarif siyosati bo‘yicha muzokaralar jarayonini to‘xtatish bilan ham tahdid soldi.

"Agar Xitoy ertaga, 2025 yil 8 aprelgacha ilgari kiritilgan uzoq muddatli savdo cheklovlaridan oshib ketgan 34 foizlik o‘sishni bekor qilmasa, Qo‘shma Shtatlar 9 apreldan boshlab 50 foizlik qo‘shimcha bojlarni joriy etadi," dedi Amerika rahbari.

"Bundan tashqari, Xitoyning biz bilan uchrashish bo‘yicha barcha so‘rovlari rad etiladi!" deya qo‘shimcha qildi Tramp.

U, uchrashuvlar o‘tkazishni so‘ragan boshqa davlatlar bilan muzokaralar "darhol boshlanishi"ni ta’kidladi.

Shu bilan birga, Donald Tramp amerikaliklar xotirjamlikni saqlashlari lozimligini ta’kidladi. "Zaif bo‘lmang. Ahmoqlik qilmang. Vahimachilar partiyasi - zaif va nodon odamlarga asoslangan yangi partiya safiga qo‘shilmang," deya yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida. "Kuchli, jasur va sabrli bo‘ling. Natijada buyuklikka erishasiz," deb ta’kidladi Amerika rahbari.

Uning bu so‘zlari o‘tgan hafta AQSh fond bozori COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri eng yomon ko‘rsatkichlarni qayd etgani, fond indekslari o‘tgan yilning may oyidan buyon eng past darajaga tushgani fonida yangradi.

2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp 185 mamlakatdan keltirilgan mahsulotlarga bojlar joriy etilishini e’lon qildi, ularning ayrimlari uchun alohida stavkalar belgilandi. Xitoyga nisbatan qo‘llaniladigan bojlar 34 foizni tashkil etdi. Vetnam va Turkiya kabi bir qator davlatlar muzokaralar o‘tkazishga umid qilmoqda, boshqalari esa javob choralari yo‘lidan bormoqda. Xususan, Xitoy 10 apreldan boshlab Amerika tovarlariga import bojlarini 34 foizgacha oshirmoqchi.

Kiritildi: 21:12 07.04.2025. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!