BYD bitta yuk kemasida Turkiyaga 7 mingta avtomobil olib keldi.
Uzunligi 199 m, kengligi 38 m bo‘lgan "BYD CHANGZHOU" yuk tashuvchi kemasi 21 kunlik sayohatdan so‘ng Istanbuldagi Safiportga yetib kelgan.
Mahalliy OAVlarga ko‘ra, kemada Turkiyada sotish uchun 7 mingta BYD avtomobillari olib kelingan.