Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Eronda "ko‘p pul" borligini aytdi

Tramp Eronda "ko‘p pul" borligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi hozirgi muammolar Eronda "ko‘p pul" paydo bo‘lgani bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

"Yaqin Sharqda hozir tinchlantirishni talab qiladigan ko‘p voqealar sodir bo‘lmoqda. Bularning barchasi yuz berdi, chunki Eron, bilasizki, ilgari hech kimga pul bermagan edi, chunki unda pul yo‘q edi. Endi esa uning puli ko‘p. Bundan keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz," - dedi Tramp jurnalistlarga dushanba kuni Vashingtonga tashrif buyurgan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan nimalar haqida suhbatlashmoqchi ekani to‘g‘risidagi savolga javoban.

Netanyahu "diplomatiya muvaffaqiyatsizlikka uchraganda Eronning yadro ob’ektlariga zarba berish masalasida Tramp bilan o‘zaro tushunishga erishmoqchi." U Vashington va Tehron o‘rtasida yadro kelishuviga erishish ehtimoli past deb hisoblaydi. Bu haqda Axios portali Isroilning yuqori lavozimli amaldoriga asoslanib xabar bergan.

Yakshanba kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abbos Arakchi Eronga qarshi sanksiyalar bekor qilingan taqdirda mamlakat yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi. Arakchi ta’kidlashicha, BMT Nizomiga xilof ravishda kuch ishlatish bilan tahdid qilishni davom ettirayotgan AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishning ma’nosi yo‘q. Shunga qaramay, Tehron bilvosita muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirdi.

Kiritildi: 23:02 07.04.2025. O'qildi: 1767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!