Qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilovning aytishicha, Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha hech qanday rasmiy taklif kelib tushmagan. Shuningdek, bu masala hozircha Qurilish vazirligining kun tartibiga ham kiritilmagan.
Vazirlik bosh rejaga o‘zgartirishlar faqat ilmiy yondashuvlar va jamoatchilik fikri asosida amalga oshirilishini ma’lum qildi.
2024 yil dekabr oyida tasdiqlangan Toshkent bosh rejasi 2045 yilgacha amal qilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda qurilishlar ruxsat etilgan me’yorlar asosida olib borilishi belgilangan.