Joriy yil 13 sentyabr kuni soat 09:25da tashqi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan №60-sonli yo‘lovchi poyezdi Angren vokzalida 50 daqiqa to‘xtab qolgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabarida aytilishicha, ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli yuzaga kelgan nosozlik bartaraf qilinib, temir yo‘lga yetkazib berilayotgan energiya ta’minoti tiklangan. Ayni daqiqada elektropoyezdlarning muntazam harakati yo‘lga qo‘yilgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma’muriyati yuzaga kelgan noqulaylik tufayli yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.