Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lining bir qismida tezlik pasaytiriladi

Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lining bir qismida tezlik pasaytiriladi

Toshkent-Andijon avtomobil yo‘lining bir qismida transport vositalari uchun harakatlanish tezligi cheklanadi. Bu bo‘yicha 8 iyun kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega A-373 Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon avtomagistralining 103−131-kilometrlari oralig‘ida harakat tezligi amaldagi 100 km/soatdan kamaytiriladi.

Unga ko‘ra, M1, M2 va N1 toifasidagi transport vositalari uchun maksimal tezlik 80 km/soat, N2 va N3 toifasidagi yuk avtomobillari uchun esa 50 km/soat etib belgilanadi.

Ushbu cheklov Ohangaron hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 3 ta aholi yashash joyidan tashqari to‘rtta qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Bu hududda “Yuqori tezlik cheklangan” yo‘l belgilari hamda qo‘shimcha axborot belgilarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: Bugun 15:01. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!