Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Squawka «Oltin to‘p»-2026 uchun asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi. Messi va Mbappe kuchli uchlikka kirmadi

Squawka «Oltin to‘p»-2026 uchun asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi. Messi va Mbappe kuchli uchlikka kirmadi

«Bavariya» hamda Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilishi va «Oltin to‘p» sohibi bo‘lishi uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda. Bu haqda JCH-2026 yakunlanganidan keyin statistik portal Squawka ma’lum qildi.

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, jahon chempioni bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamalning yilning eng nufuzli individual sovrinini qo‘lga kiritish ehtimoli 33 foizgacha oshgan.

Uchinchi o‘ringa esa Ispaniya terma jamoasi va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri 22 foizlik ko‘rsatkich bilan ko‘tarildi.

Squawka talqiniga ko‘ra «Oltin to‘p»-2026 uchun asosiy da’vogarlar:

  1. Xarri Keyn («Bavariya», Angliya) — 40%.

  2. Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya) — 33%.

  3. Rodri («Manchester Siti», Ispaniya) — 22%.

  4. Kilian Mbappe («Real» Madrid, Fransiya) — 17%.

  5. Lionel Messi («Inter Mayami», Argentina) — 9%.

Kiritildi: 12:29 26.07.2026. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!