Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil milliy xavfsizlik vazirining uyi yaqinida dron quladi

Isroil milliy xavfsizlik vazirining uyi yaqinida dron quladi

G‘arbiy Sohildagi Kiryat Arba yahudiy aholi punktida Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning uyi yaqinida kichik dron halokatga uchradi.

Bu haqda Ynet xabar bermoqda. Hodisada hech kim jabrlanmagan. Vazir va uning oilasi xavfsiz.

Portal xabariga ko‘ra, dron Isroil mudofaa kuchlari tomonidan musodara qilingan.

O‘z navbatida, davlatga qarashli Kan telekanali xabar berishicha, ushbu dron suratga olish uchun mo‘ljallangan kichik dron bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!