Eron Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirdi va Kaspiy dengizida Eron kemasiga qilingan hujum munosabati bilan unga norozilik notasini topshirdi.
Bu haqda IRIB manbasi xabar bermoqda.
«Shuningdek, Eron Islom Respublikasi o‘z xavfsizligi va milliy manfaatlarini qat’iy himoya qilishi hamda o‘z fuqarolarining hayoti va mol-mulkiga nisbatan tahdidlarni javobsiz qoldirmasligi ta’kidlandi», — deyiladi nashr xabarida.