Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real" prezidenti Vinisiusning shartlaridan charchadi

"Real" prezidenti Vinisiusning shartlaridan charchadi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres 26 yoshli qanot hujumchisining talablaridan charchagan. Braziliyalik futbolchi «qaymoqranglilar»dan yiliga 30 million yevroga yaqin maosh, shuningdek, klubga sodiqligi uchun 15 million yevro miqdorida bonus to‘lanishini istamoqda. Ammo «Real» bunday shartlarga rozi emas.

Shu bilan birga, klub Vinisiusga, agar tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, u joriy yozgi transfer oynasida sotilishini ma’lum qilgan.

Futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Arsenal» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati 160 million yevroga baholanmoqda.

Shuningdek, Vinisiusning «Real»dagi kelajagiga «RB Leypsig» qanot hujumchisi Yan Diomandning transferi ham ta’sir qilishi mumkin. Madrid klubi ushbu transferni yaqin vaqt ichida yakunlashga intilayotgani aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!