Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkent aeroportida chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Toshkent aeroportida chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Toshkent xalqaro aeroportida 6,3 kg marixuanani olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksiga qarashli «Toshkent xalqaro aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari Bangkokdan uchib kelgan yo‘lovchilardan birini tekshiruvdan o‘tkazgan.

Yo‘lovchining qo‘l yuki va bagaji ko‘zdan kechirilganda, turli qadoqlar ichiga yashirilgan 12 ta polietilen o‘ram aniqlangan. Ushbu o‘ramlar belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, ichidagi yashil rangli, o‘tkir hidli modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, og‘irligi 6,3 kilogramdan ziyod bo‘lgan quritilgan marixuana ekani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, mazkur modda O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan giyohvandlik vositasi hisoblanadi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki choragida «Toshkent-Aero» IBK tezkor tuzilmalari va bojxona postlari xodimlari tomonidan aniqlangan 15 ta holatda qariyb 30 kg giyohvandlik vositalari, jumladan sintetik narkotiklarning noqonuniy olib o‘tilishi va yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan. Olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 18 kilogrammga oshgan.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!