Biatlon bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni germaniyalik Laura Dalmayer Pokistondagi tog‘larda tosh qulashi oqibatida halok bo‘ldi.
Bu haqda DPA agentligi sportchining oilasiga tayanib xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Dalmayer o‘z vasiyatnomasida vafot etgan taqdirda jasadini tog‘larda qoldirishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli sportchini qutqarish bo‘yicha operasiya 29 iyuldan beri davom etib, u 28 iyul kuni Qoraqo‘ram tog‘larida taxminan 5,7 ming metr balandlikdagi Layla cho‘qqisiga chiqish chog‘ida tosh qulashi ostida qolib ketgan edi.
Dalmayer Pxyonchxandagi 2018 yilgi o‘yinlarda sprint va ta’qib poygalarida g‘olib chiqdi, shuningdek, individual poygada uchinchi o‘rinni egalladi. U yetti karra jahon chempioni, 2017 yilda Katta Kristal Globus g‘olibi bo‘ldi.