Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Tolibon” vaziri O‘zbekistonda islomning faqat nomi qolganini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Afg‘oniston hukumati bu xabarni rad etdi

“Tolibon” vaziri O‘zbekistonda islomning faqat nomi qolganini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Afg‘oniston hukumati bu xabarni rad etdi

“Tolibon” vaziri O‘zbekistonda islomning faqat nomi qolganini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Afg‘oniston hukumati bu xabarni rad etdi

Ommaviy axborot vositalarida “Tolibon” muvaqqat hukumatining Fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vaziri Xolid Hanafiy O‘zbekiston haqida tanqidiy bayonot berib, bir vaqtlar islom sivilizasiyasi va ilm-fanining eng muhim markazlari bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Termiz shaharlarida bugun islomning faqat nomi qolganini aytgani haqida xabar tarqaldi.

Xabar berilishicha, vazir islom ummatiga rahbarlik qilish vazifasi ulamolar zimmasida bo‘lishi lozimligini qayd etgan va O‘zbekiston diniy ulamolarini ham tanqid qilgan. Shuningdek, “Tolibon” mulozimiga ko‘ra, O‘zbekiston boy islomiy merosga ega bo‘lishiga qaramay, Islomdan ancha uzoqlashgan.

O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi Afg‘onistonning amaldagi hukumati rasmiysi nomidan O‘zbekiston haqida tarqalgan tanqidiy bayonotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur xabarlar yuzasidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan. Shundan so‘ng 16 iyul kuni Afg‘onistonning Fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirligidan rasmiy raddiya kelib tushgan.

Unda ayrim ommaviy axborot vositalari va boshqa doiralar ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetkazish maqsadida faktlarni buzib talqin qilayotgani ta’kidlangan.

"Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozisiyamiz aniq. Ushbu yurt Islom ummatining ko‘plab buyuk ulamolari, jumladan, Imom Buxoriyning muqaddas Vatanidir. Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasida chuqur diniy, tarixiy, madaniy va xalqlar mushtarakligi mavjud. Biz ushbu munosabatlar va o‘xshashliklarni alohida qadrlaymiz.

Shu bois ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston deb salbiy talqin qilingan bayonot va chiqishlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Biz bunday da’volarni qat’iyan rad etamiz va ularni faktlarni buzish, deb ataymiz", deyiladi vazirlik raddiyasida.

Kiritildi: 15:48 17.07.2026. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!