O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev BAAning "Al-Batayeh" klubini tark etdi.
Klub o‘zbekistonlik futbolchi bilan hamkorlik yakunlanganini ma’lum qildi. Shu tariqa, 28 yoshli yarim himoyachi yangi mavsumni boshqa jamoada boshlaydi.
G‘aniyev "Al-Batayeh" safiga 2024 yil iyulida kelib qo‘shilgan edi. Transfermarkt ma’lumotlarida uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangani qayd etilgan. Tomonlar hamkorlikni shartnoma muddati tugashidan oldin yakunlagan.
Transfermarkt’ning so‘nggi baholashiga ko‘ra, G‘aniyevning transfer qiymati 2 mln yevroni tashkil etadi. Uning asosiy pozisiyasi markaziy yarim himoya bo‘lib, tayanch va hujumkor yarim himoyachi sifatida ham harakat qila oladi.
Jizzaxda tug‘ilgan G‘aniyev 28 yoshda. U O‘zbekiston milliy jamoasi safida ham muntazam to‘p surib kelmoqda.