Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qadimgi imperiya, “Ming xudolar shahri” va ming yillik sirlar — Xettlar merosi izidan

Qadimgi imperiya, “Ming xudolar shahri” va ming yillik sirlar — Xettlar merosi izidan

Onado‘lining turli hududlarida qadimiy tamaddun izlari, tarixiy shaharlar, arxeologik yodgorliklar va xarobalar saqlanib qolgan. Bu zamin ibtidoiy davrlardan beri bir necha sivilizasiyalar markazi bo‘lib kelgan. Bugungi kunda Turkiyaning 22 ta ob’ekti YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan joy olgan bo‘lsa, yana 80 ta ob’ekt tashkilotning Dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan.

Ana shunday qadimiy maskanlardan biri — bir vaqtlar Xettlar imperiyasining poytaxti bo‘lgan Xattusa. Bu yerdan topilgan 30 mingdan ortiq sopol taxtacha Xettlar davridan qolgan ulkan yozma arxivni tashkil etadi. Ushbu arxiv YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturiga ham kitilgan.

Bugun ham Xattusada davom etayotgan arxeologik qazishmalar shaharning turli davrlariga oid yangi ma’lumotlarni yuzaga chiqarmoqda. Yaqinda arxeologlar miloddan avvalgi IV asr oxiri — III asrga oid ilgari noma’lum bo‘lgan uchta qabrni topdilar.

Bronza davrining ko‘plab “ilk”lariga asos solgan sivilizasiya

Onado‘lida shakllangan ilk yirik davlatlardan biri bo‘lgan Xettlar miloddan avvalgi XIV asr o‘rtalariga kelib, qudratli imperiyaga aylangan. Uning hududi Egey sohillaridan Shimoliy Suriyagacha cho‘zilib, muhim savdo yo‘llarini nazorat qilgan. Bugun Xettlar tarixini qiziqarli qiladigan jihat faqat hududlarining kengligi emas, balki davlat boshqaruvi, yozuv, huquq, me’morchilik va muhandislik sohalarida qoldirgan izlardir.

Xettlar yirik shaharlar, mahobatli ibodatxonalar, qal’alar va saroylar bunyod etgan. Shu bilan birga, qadimgi dunyodagi eng yirik mixxat yozuvli arxivlardan birini yaratgan. Bu manbalar orasida miloddan avvalgi 1259 yilda Misr bilan tuzilgan Kadesh sulh shartnomasi alohida o‘rin tutadi. U ma’lum bo‘lgan eng qadimgi yozma tinchlik shartnomasi sifatida tarixda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda Istanbul arxeologiya muzeylarida namoyish etiladi.

Xettlar, shuningdek, Onado‘lidagi eng qadimgi siyosiy maslahat institutlaridan biri hisoblangan Pankus kengashini ham tashkil etgan. Ular oila, meros va fuqarolik huquqi sohalarida ham muhim qadamlar tashlab, Qirollik yilnomalari orqali tarixiy voqealarni qayd etishning ilk namunalarini yaratgan. Bundan tashqari, xettlarning bundan 3 200 yil avval Alajahuyukda qurgan Onado‘lidagi ilk to‘g‘oni bugungi kunda ham sug‘orish maqsadida foydalanilib kelinmoqda. Bu qadimiy sivilizasiya izidan borish o‘tmishning turli qatlamlarini kashf etish imkonini beradi.

Xattusaning diqqatga sazovor maskanlari

Xattusa bugungi Chorum viloyatining Bo‘g‘ozkale hududida, Qizilirmoq daryosining serhosil tekisligiga qaragan tik yonbag‘irda joylashgan. Shaharning strategik o‘rni uni bir vaqtlar Xett imperiyasining poytaxtiga aylantirgan.

“Ming xudolar shahri” nomi bilan mashhur bo‘lgan Xattusa bugun ham yam-yashil tabiat bag‘rida qad rostlagan ulkan tosh shaharga o‘xshaydi. Ibodatxonalar, ulkan darvozalar, saroylar va mudofaa devorlari bu yerda bir vaqtlar qudratli davlat mavjud bo‘lgani haqidagi tasavvurni boyitadi.

Xattusa Quyi va Yuqori shaharga bo‘linadi. Quyi shaharning asosiy yodgorligi — Buyuk ibodatxona. Yuqori shaharda esa Arslon, Qirol hamda Sfinks darvozalari joylashgan. Har bir inshoot shaharning me’morchiligi va harbiy qudratini ko‘rsatadi.

Xattusaning yana bir muhim qismi —Buyukkale saroy majmuasi. Bu yer bir vaqtlar Xett hukmdorlari qarorgohi bo‘lgan va imperiyaning siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Qolaversa, qoyatoshlarga o‘yilgan releflari bilan mashhur Yazilikaya, Onado‘lining ilk ma’muriy hamda harbiy markazlaridan bo‘lgan Shapinuva ham Alajahuyuk ham Xettlar tarixini yaxshiroq anglashga yordam beradigan muhim arxeologik yodgorliklardir.

Yangi topilmalar Xattusaning keyingi davrlariga oydinlik kiritmoqda

Xattusa tarixi Xett imperiyasi bilan tugamagan. Yangi topilmalar bu hududda keyingi asrlarda ham hayot davom etganini ko‘rsatmoqda. Qazishmalar davomida ilk ellinistik va Galatiya davrlariga oid sakkizta qabr aniqlangan. Shulardan beshtasi o‘tgan mavsumda topilgan bo‘lsa, avvalgi qazishmalarda hududning g‘arbiy qismidan yana to‘qqizta qabr aniqlangan edi. Natijada Xattusada ushbu davrlarga oid ma’lum qabrlar soni 17 taga yetgan.

Yangi topilgan qabrlardan biri o‘zining nihoyatda yaxshi saqlanganligi bilan ajralib turadi. Taxminan yetti metr diametrli aylana shaklidagi tosh devor bilan o‘ralgan qabrning ichida bitta katta yoshdagi inson uchun mo‘ljallangan ikkinchi chegara ham mavjud bo‘lgan. Qabrdan yaxshi saqlangan skelet va marhumning o‘ng yelkasi yonidan pichoq topilgan. Arxeologlar pichoq dafn marosimida qo‘yilgan buyummi yoki marhumning shaxsiy buyumi bo‘lganmi, degan savolga javob izlamoqda. Bu o‘sha davrdagi dafn marosimlari haqida muhim ma’lumotlar berishi mumkin.

Bu topilmalar Xattusaning xettlar davridan keyingi tarixini o‘rganishda ayniqsa ahamiyatlidir. Chunki shaharning keyingi davrlardagi hayoti nisbatan kam o‘rganilgan. Yangi qabrlar esa bu hududning asrlar davomida turli jamoalar tomonidan foydalanilib kelinmoqda. Bu qadimiy sivilizasiya izidan borish o‘tmishning turli qatlamlarini kashf etish imkonini beradi.

Xattusaning diqqatga sazovor maskanlari

Xattusa bugungi Chorum viloyatining Bo‘g‘ozkale hududida, Qizilirmoq daryosining serhosil tekisligiga qaragan tik yonbag‘irda joylashgan. Shaharning strategik o‘rni uni bir vaqtlar Xett imperiyasining poytaxtiga aylantirgan.

“Ming xudolar shahri” nomi bilan mashhur bo‘lgan Xattusa bugun ham yam-yashil tabiat bag‘rida qad rostlagan ulkan tosh shaharga o‘xshaydi. Ibodatxonalar, ulkan darvozalar, saroylar va mudofaa devorlari bu yerda bir vaqtlar qudratli davlat mavjud bo‘lgani haqidagi tasavvurni boyitadi.

Xattusa Quyi va Yuqori shaharga bo‘linadi. Quyi shaharning asosiy yodgorligi — Buyuk ibodatxona. Yuqori shaharda esa Arslon, Qirol hamda Sfinks darvozalari joylashgan. Har bir inshoot shaharning me’morchiligi va harbiy qudratini ko‘rsatadi.

Xattusaning yana bir muhim qismi —Buyukkale saroy majmuasi. Bu yer bir vaqtlar Xett hukmdorlari qarorgohi bo‘lgan va imperiyaning siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Qolaversa, qoyatoshlarga o‘yilgan releflari bilan mashhur Yazilikaya, Onado‘lining ilk ma’muriy hamda harbiy markazlaridan bo‘lgan Shapinuva ham Alajahuyuk ham Xettlar tarixini yaxshiroq anglashga yordam beradigan muhim arxeologik yodgorliklardir.

Yangi topilmalar Xattusaning keyingi davrlariga oydinlik kiritmoqda

Xattusa tarixi Xett imperiyasi bilan tugamagan. Yangi topilmalar bu hududda keyingi asrlarda ham hayot davom etganini ko‘rsatmoqda. Qazishmalar davomida ilk ellinistik va Galatiya davrlariga oid sakkizta qabr aniqlangan. Shulardan beshtasi o‘tgan mavsumda topilgan bo‘lsa, avvalgi qazishmalarda hududning g‘arbiy qismidan yana to‘qqizta qabr aniqlangan edi. Natijada Xattusada ushbu davrlarga oid ma’lum qabrlar soni 17 taga yetgan.

Yangi topilgan qabrlardan biri o‘zining nihoyatda yaxshi saqlanganligi bilan ajralib turadi. Taxminan yetti metr diametrli aylana shaklidagi tosh devor bilan o‘ralgan qabrning ichida bitta katta yoshdagi inson uchun mo‘ljallangan ikkinchi chegara ham mavjud bo‘lgan. Qabrdan yaxshi saqlangan skelet va marhumning o‘ng yelkasi yonidan pichoq topilgan. Arxeologlar pichoq dafn marosimida qo‘yilgan buyummi yoki marhumning shaxsiy buyumi bo‘lganmi, degan savolga javob izlamoqda. Bu o‘sha davrdagi dafn marosimlari haqida muhim ma’lumotlar berishi mumkin.

Bu topilmalar Xattusaning xettlar davridan keyingi tarixini o‘rganishda ayniqsa ahamiyatlidir. Chunki shaharning keyingi davrlardagi hayoti nisbatan kam o‘rganilgan. Yangi qabrlar esa bu hududning asrlar davomida turli jamoalar tomonidan foydalanilgani va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib borganidan darak bermoqda.

Xettlar izidan…

Xettlar merosi bilan Anqaradagi Anadolu sivilizasiyalari muzeyida ham tanishish mumkin. Muzey Xettlar davriga oid boy arxeologik kolleksiyani saqlaydi. Ular orasida miloddan avvalgi 1235 yilda Misr malikasi tomonidan Xett podshohiga yuborilgan maktub ham mavjud.

Anqaraning tarixiy merosi Anqara qal’asi, Anitkabir va Rim hammomlari kabi yodgorliklarda ham aks etadi. Shahar qadimiy tarix va zamonaviy hayot uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Anqara simiti, Aspava o‘ramasi va Beypazari shirinligi esa shaharning o‘ziga xos gastronomik an’analarini namoyon etadi.

Kiritildi: 12:41 25.08.2026. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!