Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiyadan O‘zbekistonga avtobusda qaytmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar ogohlantirildi

Rossiyadan O‘zbekistonga avtobusda qaytmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar ogohlantirildi

Transport vazirligi Rossiyaning Moskva shahridan Toshkentga avtobusda qaytishni rejalashtirgan yo‘lovchilarni firibgarlarlik holatlaridan ogohlantirdi.

Vazirlikka ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahridan Toshkentga «Uzautotrans Service» kompaniyasining avtobus qatnovlari orqali qaytish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar firibgarlarning aldoviga uchrayotganligi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda.

Ta’kidlanishicha, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar hamda YouTube kanallarida «Uzautotrans Service» kompaniyasi avtobuslarining foto va video tasvirlaridan foydalanib, qatnovlar to‘g‘risidagi e’lonlarni joylashtirmoqda. Ular yo‘lovchilarga davlat tomonidan tashkil etilgan «Uzautotrans Service» kompaniyasi avtobuslarida Toshkentga jo‘natishini aytishadi. So‘ngra go‘yoki kassalarda chipta qolmaganligi va chiptalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlaridan xarid qilishlari lozimligini aytib, aslida belgilangan narxdan bir necha barobar qimmatga chipta taqdim etishadi.

“Eng achinarlisi bir necha barobar qimmatga chipta sotib olgan yo‘lovchilar noqonuniy faoliyat yurituvchi avtobuslarga chiqarib yuborilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot berilishicha, «Uzautotrans Service» kompaniyasi qatnovlarni Moskva shahridagi «Novoyasenevskaya» hamda «Kotelniki» avtostansiyalaridan «Toshkent» avtovokzaliga dushanba va payshanba kunlari amalga oshiradi. Chiptalarni mazkur avtostansiyalarning kassalaridan, ularga tegishli mobil ilova va saytlar orqali onlayn tarzda xarid qilish mumkin.

Kiritildi: Bugun 01:00. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!