Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ar-Riyod aeroportiga hujum oqibatida jabrlanganlar soni 309 nafarga yetdi

Ar-Riyod aeroportiga hujum oqibatida jabrlanganlar soni 309 nafarga yetdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportga qilingan hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 309 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters agentligi Saudiya Arabistoni Fuqaro aviasiyasi bosh boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

«Shanba kuni Ar-Riyoddagi Shoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga qilingan hujum oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 309 kishi esa jarohatlandi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Financial Times gazetasi xabardor manbaga tayanib, 50 kishi jarohatlanganini yozgan edi. The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, raketa zarbalari aeroportning 3 va 4-terminallariga tekkan va jiddiy zarar etkazgan.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni sharqidagi Dammam shahri xalqaro aeroporti yaqiniga ham snaryad tushgan. Hozirda ushbu shaharga uchib kelayotgan samolyotlar kutish hududida aylanib turibdi.

To‘rt yillik nisbiy sukunatdan so‘ng iyul oyining o‘rtalaridan boshlab «Ansorulloh» harakati va Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlayotgan hukumatparast armiya o‘rtasidagi harbiy harakatlar qayta boshlangan. Shu vaqt ichida xusiylar Qizil dengizning g‘arbiy sohilini to‘liq egallab, Bobul-Mandab bo‘g‘ozi yaqinidagi shaharlarni ham nazorat ostiga olgan.

Dushanba kuni Yamanning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan hukumati Sanani «Ansorulloh» harakatidan ozod qilish bo‘yicha operasiya boshlanganini e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 07:51. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!