Ar-Riyoddagi qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi, deb xabar berdi Saudiya Arabistoni fuqaro avaiasiyasi boshqarmasi.
Hukumat aeroportga hujum bo‘lganini tasdiqladi, lekin zarba kim tomonidan berilganiga aniqlik kiritmadi.
«Hujum natijasida bir necha kishi jarohatlandi. Jabrlanganlar soni aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
AFP agentligining xabariga ko‘ra, o‘nlab kishilar jarohatlangan, kamida besh kishi reanimasiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Ispaniya va AQSh elchixonalari o‘z fuqarolariga aeroportga bormaslikni tavsiya qildi. Ispaniya elchixonasi bu husiychilarning yangi hujumi bilan bog‘liq ekanligini bildirdi.