Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

"Tolibon” Afg‘onistondagi 7 ta xususiy universitet faoliyatini bir yilga to‘xtatdi

"Tolibon” Afg‘onistondagi 7 ta xususiy universitet faoliyatini bir yilga to‘xtatdi

"Tolibon" shuningdek, yana ikkita Universitetning lisenziyasini bekor qildi

Bu haqda “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligiga tayanib Ariana News xabar berdi.

Tegishli qaror bahorgi semestrda oliygohlarda o‘tkazilgan tekshiruv va baholash natijalariga ko‘ra qabul qilingan. Universitetlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir necha bor ogohlantirish hamda tavsiyalar berilgan. Shunga qaramay to‘qqizta xususiy universitetda jiddiy qoidabuzarliklar kuzatilgan.

Xususan, oliygohlarda tegishli akademik va ma’muriy rahbariyat mavjud bo‘lmagan. Shuningdek, hujjatlarda darslarga qatnashayotgani va jadvalga kiritilgani ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, amalda darslarda umuman qatnashmagan “soxta talabalar” borligi aniqlangan.

Lisenziyasi bekor qilingan ikki universitet davomatni soxtalashtirgani ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, ushbu oliygohlarda semestr davomida darslarga umuman kelmagan ayrim talabalar darsda bo‘lgan deb qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 12:33. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!