Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Tojikistonda muzliklarning erishi tezlashgan

Tojikistonda muzliklarning erishi tezlashgan

Tojikistonda oxirgi yillarda muzliklar soni kamayib bormoqda. Bu haqda respublika atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Sheralizoda xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, issiqlik ta’siri natijasida muzliklarning erish tezligi yanada tezlashgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, har yili muz blokining maydoni 1,3 kvadrat metrgacha qisqaradi.

“Atmosferaga issiqxona gazlari minimal miqdorda chiqayotganiga qaramay, Tojikiston iqlim o‘zgarishi ta’siriga eng zaif davlatlardan biri hisoblanadi”, deydi Sheralizoda.

Ma’lumot o‘rnida, Tojikistonda muzliklar mamlakat hududining 6 foizini egallaydi. Aynan ular Markaziy Osiyoning deyarli barcha qismini chuchuk suv bilan ta’minlaydi. Tojikistonda muzliklarni saqlash jamg‘armasini tashkil etish taklif qilinmoqda.

Kiritildi: 17:10 20.03.2023. O'qildi: 1884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!