“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti yakuniga yetdi.
Samarali va yuqori saviyada o‘tgan sammitdan so‘ng Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon yurtiga jo‘nab ketdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.