Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Time jurnali “Dunyodagi eng nufuzli 100 kishi” ro‘yxatini e’lon qildi

Time jurnali “Dunyodagi eng nufuzli 100 kishi” ro‘yxatini e’lon qildi

Jurnal 2025 yil holatiga ko‘ra dunyodagi eng nufuzli 100 kishi ro‘yxatini e’lon qildi. “Liderlar” toifasiga AQSh prezidenti Donald Tramp, vise-prezident Jey Di Vens, SpaceX asoschisi Ilon Mask va AQSh Savdo vaziri Govard Lyutnik kiritilgan.

Shuningdek, bu toifaga Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers, Argentina prezidenti Xavyer Miley, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum hamda Bashar Asad rejimi ag‘darilgach Suriya o‘tish davri hukumati prezidenti etib tayinlangan Ahmad ash-Sharaa ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan. Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin bu safar liderlar qatorida qayd etilmagan.

"AQShning zamonaviy tarixidagi hech bir prezident Donald Tramp singari mamlakat hukumatini bunchalik qat’iyat bilan o‘z nazoratiga olmagan. U inklyuziv dasturlarni yopishga undab kompaniya va universitetlarga bosim o‘tkazgan holda, Amerika madaniyatini o‘ng tomonga burishga urinmoqda. Shuningdek, Tramp AQShning ittifoqchilarini qo‘rqitib, Grenlandiyaga bostirib kirish va Ukrainaga yordamni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda. Tramp qolgan prezidentlik muddatida u mamlakatni va dunyoni qay darajada “bukishi” mumkinligini ko‘rsatmoqda", — deya izoh berdi Time muxbiri Brayan Bennet.

Kiritildi: 10:04 17.04.2025. O'qildi: 1417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!