Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi “Bodrost” nomli hammomda kuch tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan reyd “jamoat joylarini rejalashtirilgan tekshirish” tadbiri doirasida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
"Reyd davomida qo‘lga olingan Qirg‘izistonning 25 nafar fuqarosi Rossiya hududida qonunchilikni buzgan holda bo‘lgan, ayrimlari esa “radikal guruhlar bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda", deyiladi TIV bayonotida.
Vazirlikning qayd etishicha, reyd paytida “xorijiy davlat fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan”, shuning uchun ularga nisbatan “tegishli choralar ko‘rilgan”.
TIVga ko‘ra, kuch tuzilmalari mavjud vakolatlar doirasida va Rossiya qonunchiligiga muvofiq harakat qilgan.