Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tojikiston aholisi 10 million nafarga yetadi

A A A
Tojikiston aholisi 10 million nafarga yetadi

Eronning o‘zbek tilidagi saytining xabar qilishicha, Tojikiston Statistika markazi aholisi sonining tez o‘sishini inobatga olgan holda, yaqin ikki oy ichida aholi soni 10 millionga ko‘payishini bashorat qilmoqda.

Bu markazning e’loniga binoan, joriy yilning dastlabki uch oyida Tojikiston aholisi 43,5 ming kishiga oshib, 9 million 934,4 ming kishiga yetgan.

Ma’lumot uchun, Tojikiston sobiq Ittifoq davlatlari orasida aholi sonining o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.

Jahon banki so‘nggi 30 yilida mamlakat aholisi 76,6 foizga o‘sganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda aholi soni 63,4 foizga, Turkmanistonda 59,2 foizga, Qirg‘izistonda 47,7 foizga va Qozog‘istonda 14 foizga o‘sgan.

Kiritildi: 17:11 24.06.2022. O'qildi: 10352 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!