Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tog‘olcha va olxo‘ri o‘rtasida qanday farq borligini bilasizmi?

A A A
Tog‘olcha va olxo‘ri o‘rtasida qanday farq borligini bilasizmi?

Tog‘olcha
– Tog‘olcha biroz nordon ta’mga ega bo‘ladi. Ba’zi navlari juda nordon, ba’zilari esa o‘rtacha shirin ta’mga ega bo‘ladi.
– Mevasining rangi odatda sariq, to‘q sariq yoki qizil, ba’zi navlar to‘q binafsha rangga ega bo‘lishi mumkin.
– Sovuqqa chidamli, butasining tanasi 3-5 metrdan 8 metrgacha yetishi mumkin.
– Mevasi olxo‘riga nisbatan kichik hamda yumaloqroq va danagi etidan oson ajraladi.
– Tog‘olcha odatda olxo‘ridan kichikroq.

Olxo‘ri
– Olxo‘rining ta’mi shirin, ba’zida biroz nordon bo‘lishi mumkin.
– Mevasining rangi turiga qarab ko‘k, binafsha, qizil, sariq yoki yashil rangda bo‘ladi.
– Sovuqqa biroz chidamsiz, daraxtining tanasi 5-10 metr, ba’zi navlari mitti (karlik) bo‘lishi mumkin.
– Mevasi tog‘olcha mevasiga nisbatan yirik, danagi esa etiga yopishgan bo‘ladi.

ℹ️ Shuni ta’kidlash kerakki, tog‘olcha va olxo‘ri bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tur hisoblanib, uni ba’zan bir-biridan ajratish qiyin. Gibrid navlarda esa ikkalasining ham xususiyatlari aks etgan bo‘ladi.

Kiritildi: 16:06 28.03.2024. O'qildi: 1946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!