Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘arib-Obodiy Tegeran AQSh bilan ziddiyatni to‘xtatish bo‘yicha tuzilgan memorandum doirasida zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishni to‘xtatganini ma’lum qildi.
Bu haqda Fars axborot agentligi xabar bermoqda.
«Biz Islomobod memorandumi bo‘yicha zimmamizdagi majburiyatlarni bajarishni to‘xtatib turdik... Biz o‘z majburiyatlarimizni bajarmayapmiz va mamlakatni himoya qilish bilan bandmiz», — dedi u.
U AQSh memorandumni buzganini ta’kidladi.