Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Sirdaryoda «Kaptiva» yuk mashinasi bilan to‘qnashib, 3 kishi halok bo‘ldi

Sirdaryoda «Kaptiva» yuk mashinasi bilan to‘qnashib, 3 kishi halok bo‘ldi


9 avgust kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi «Paxtakor» MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lida mudhish YTH sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, SHACMAN rusumli yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan ortga qayrilayotganda birinchi bo‘lakda harakatlanayotgan «Kaptiva»ni o‘tkazib yubormasdan burilgan. Oqibatda ikki transport vositasi to‘qnashgan.

To‘qnashuvdan so‘ng «Kaptiva» yonib ketgan. Avariya oqibatida yengil mashinada bo‘lgan haydovchi va ikki yo‘lovchi — jami 3 kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:25 09.08.2026. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!