Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Netanyahu Trampning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini rad etdi

Netanyahu Trampning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini rad etdi


Uning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS to‘liq qurolsizlantirilmaguncha Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) G‘azo sektoridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmaydi.

Isroil bosh vaziri u barcha turdagi qurollarni nazarda tutayotganini ta’kidladi. Netanyahuning aytishicha, HAMAS harakati hamon Isroilga hujumlar uyushtirishga qodir.

Donald Tramp shu yilning boshida G‘azo sektorini Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushdan keyin qayta tiklashga rahbarlik qiladigan va o‘zi boshqaradigan xalqaro “Tinchlik kengashi” tuzilishini e’lon qilgan edi. Ushbu tuzilmani tashkil qilish sektorga ko‘p millatli kuchlarni joylashtirish bilan bir qatorda Oq uy rahbarining Falastin hududi bo‘yicha tinchlik rejasiga kiritilgan.

Avvalroq HAMAS Isroil harbiylari G‘azo sektoridan butunlay chiqib ketishi sharti bilan qurolsizlanishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 22:20 09.08.2026. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!