Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Rossiyaga qarshi 40 kunlik “ta’sir amaliyoti” yakunlarini sarhisob qildi

Zelenskiy Rossiyaga qarshi 40 kunlik “ta’sir amaliyoti” yakunlarini sarhisob qildi

Zelenskiy Rossiyaga qarshi 40 kunlik “ta’sir amaliyoti” yakunlarini sarhisob qildi va logistika bo‘ylab yangi zarbalar bilan tahdid qildi.

Ukraina prezidenti ushbu amaliyot natijalaridan mamnunligini bildirdi va uni "muvaffaqiyatli", deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Ukraina logistikasi bo‘ylab zarba berishni oshlagach, Kiyev bunga javob qaytarishga qaror qilgan.

"Rossiyada yo‘qotishlar jiddiy, zarar trillion rublni tashkil etmoqda. Bu ukrain kuchlarining juda muvaffaqiyatli amaliyoti bo‘ldi. Shubhasiz, men bundan mamnunman. Ular qancha yo‘qotishganini, katta muammolarga duch kelishganini bilamiz", – dedi Zelenskiy va amaliyotda Ukraina qurolli kuchlari, Maxsus amaliyotlar kuchlari, harbiy razvedka hamda Ukraina xavfsizlik xizmati ishtirok etganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, Zelenskiy Moskvani Ukraina Rossiyaning “zaif joylaridan xabardorligi” haqida ogohlantirdi.

Zelenskiy Rossiya elektr tarmoqlari va energetika ob’ektlarini himoya qilish uchun Moskva atrofida havo hujumidan mudofaa tizimlarining uchta halqasini hosil qilganini ta’kidladi. Uning fikricha, Moskvadagilar Ukraina Rossiya hujumlariga tegishli ravishda javob qaytarishini biladi.

“Ta’sir amaliyoti” davrida Ukraina Wildberries ning kamida 20 ta obmori, kamida 25 ta neftni qayta ishlash zavodlari va neft-gaz infratuzilmasidagi boshqa ob’ektlarga zarba berdi, shuningdek, Qora dengiz va Azov dengizida tankerlar hamda yuk kemalariga kamida 200 marta hujum uyushtirdi. O‘z navbatida, Rossiya Ukrainani ballistik raketalar bilan o‘qqa tutishni kuchaytirdi. Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida 381 ta raketa uchirilgan – bu urush boshidan buyon istalgan oydagidan ko‘ra ko‘proqdir.

Kiritildi: 23:42 09.08.2026. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!