Mazkur bandlarni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” qoidalari BMT Xavfsizlik Kengashidagi brifingdan so‘ng Tinchlik kengashining G‘azo bo‘yicha oliy vakili Nikolay Mladenov tomonidan e’lon qilindi. Rejaning tarkibiy qismlari quyidagicha taqsimlangan:
1-band: BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasi va tinchlik rejasiga sodiqlik;
2-band: Olingan majburiyatlarni bajarish. Keyingi bosqichga o‘tishdan oldin tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha amaldagi kelishuv shartlarini, jumladan, insonparvarlik yordami, yonilg‘i yetkazib berish, nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati va uy-joy masalalarini hal etishi shart;
3-band: Xalqaro monitoring. Har bir keyingi bosqich faqat har ikki tomon o‘z majburiyatlarini bajargani tekshirilgandan keyingina ishga tushirilishi kerak;
4-band: G‘azoni boshqarish milliy qo‘mitasi (NCAG) Falastinning vaqtinchalik fuqarolik hokimiyatiga aylanishi lozim. Xalqaro tuzilmalar xavfsizlik, qayta tiklash va fuqarolik boshqaruvi masalalarida yordam beradi;
5-band: Hujjat qurolli tuzilmalarni, jumladan HAMASni boshqaruv tizimidan ajratishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, oddiy davlat xizmatchilari va munisipal xodimlar jamoaviy jazoga tortilmasligi kerak;
6-band: Faqat vakolatli Falastin tuzilmalari xavfsizlik funksiyalarini amalga oshirishi va qurol olib yurishi mumkin. Parallel qurolli tuzilmalar o‘z faoliyatini to‘xtatishi shart, jumladan, HAMAS ham;
7-band: Polisiya islohoti;
8-band: Bosqichma-bosqich qurolsizlanish. Qurollar Isroilga emas, NCAG boshqaruvidagi Falastin tuzilmalariga beriladi;
9-band: Shaxsiy qurolni tartibga solish;
10-band: Shaxsiy qurollarni topshirish faqat tasdiqlangan xavfsizlik kafolatlariga erishilgandan keyingina amalga oshiriladi;
11-band: Falastinlik guruhlar o‘rtasidagi ichki nizolar, qurolli namoyishlar, qasos va zo‘ravonliklarni taqiqlash;
12-band: Isroil va Falastin hududlari o‘rtasida gumanitar amaliyotlarni himoya qilish va o‘tish davrini qo‘llab-quvvatlash uchun hududga Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari vaqtincha joylashtirilishi kerak;
13-band: Isroil qo‘shinlarini G‘azodan olib chiqish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
14-band; Mas’uliyatni Falastin hokimiyatiga topshirish. To‘liq demilitarizasiya qilingan hududlardagi xavfsizlik asta-sekin NCAG boshqaruvidagi Falastin fuqarolik tuzilmalari nazoratiga o‘tishi kerak;
15-band: G‘azoni qayta tiklash uchun hududda tinchlik bo‘lishi, rasmiy idoralar ishlashi va noqonuniy qurolli guruhlar bo‘lmasligi shart.