Timur Kapadze O‘zbekiston MTJdan ketdi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze o‘z faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirgan holda, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatiga lavozimidan ozod etilish to‘g‘risida murojaat qildi.
Mutaxassisga boshqa taklif tushgani hamda u o‘z murabbiylik faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida ekanligi bois, O‘FA rahbariyati uning qarorini hurmat bilan qabul qildi.
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Timur Kapadzening o‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi va uning murabbiylik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi", — deyiladi xabarda.